О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi, Teatr bezagi rangtasviri kafedrasi dotsenti Mavzur Mahmudov о‘zining qutlug‘ 75 yoshini qarshi oldi

18-iyun kuni О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi, Teatr bezagi rangtasviri kafedrasi dotsenti Mavzur Mahmudov о‘zining qutlug‘ 75 yoshini qarshi oldi. Shu munosabat bilan institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektori Botir Sangirov, Teatr bezagi rangtasviri kafedrasi mudiri Asliddin Ortiqov hamda ushbu kafedraning katta о‘qituvchisi Nigora Haydarovalar ustozning xonadonida bо‘lishdi hamda institut rektori Abbosjon Mirzoraximovning samimiy tabrigi va esdalik sovg‘alarini yetkazishdi.

 

Mahmudov Mavzur Mansurovich – 1947-yil 17-iyun kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 1971-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini, 1976-yilda esa Butunittifoq kinomatografiya institutini tamomlagan. 1976-2017 yillar davomida О‘zbekfilm ochiq aksiyadorlik jamiyati kinostudiya badiiy rahbari lavozimida faoliyat yuritgan Mavzur Mahmudov о‘zbek milliy multfilmi rivojiga ulkan hissa qо‘shdi. Shuningdek, 2017-yildan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ustozlik faoliyatini boshlagan Mavzur Mahmudov bugungi kunda yosh animatsion film rassomlariga о‘z tajribasini о‘rgatib, ularning yetuk mutaxassis bо‘lib yetishishi uchun ulkan hissa qо‘shib kelmoqda.

 

Mehnat faoliyati davomida о‘zining namunali xulq-atvori va jonkuyarligi bilan hamkasblari va institut jamoasiga о‘rnak bо‘lib kelayotgan ajoyib ustoz Mavzur Mahmudovni qutlug‘ 75 yoshlari bilan samimiy muborakbod etib, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va mehnat faoliyatida ulkan zafarlar yor bо‘lishini tilab qolamiz.