Navbatdagi profilaktik davra suhbati bо‘lib о‘tdi.

Ta’kidlab о‘tish joizki, mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish va barkamol avlodni tarbiyalash masalalariga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratib kelinmoqda. “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan virus keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinganligi ham ushbu ustuvor vazifani amalga oshirishdagi eng muhim omillardan biridir.

Shu munosabat bilan, bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Respublika OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda “OIV – infeksiyasi va uning oqibatlari” mavzusida davra suhbati о‘tkazildi. Suhbatda markaz mutaxassis xodimi Ma’ruf Sobirov mehmon sifatida ishtirok etib, ma’ruza qildi.

Davra suhbati avvalida ushbu virusli kasallik bо‘yicha maxsus videorolik namoyish etildi. Davra uchrashuvi mobaynida, kasallik yuqtirib olish va undan ehtiyot bо‘lish yо‘llari haqida alohida tо‘xtalib о‘tildi. Mehmon mutaxassis tomonidan talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berildi. Bu kabi davra suhbatlarini tashkil etishdan asosiy maqsad, yoshlarda turli virusologik infeksiyalarga qarshi kuchli ma’naviy immunitetni shakllantirishdan iboratdir.