⚡️DIQQAT, E’LON!⚡️

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Kasaba uyushmasi qo’mitasi va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamkorligida institut professor-o’qituvchilari vа ishchi-xodimlari o’rtasida “Sport – salomatlik garovi” bosh g’oyasiga asoslangan “Jismoniy tarbiya va madaniyat zamonaviy inson (xodim, pedagog) uchun asosiy mezon” shiori ostida sport musobaqalari boshlanmoqda!

11-noyabr (juma) soat 14:00 da institut Bosh o’quv binosi sport zalida Ayollar o’rtasida sportning shaxmat-shashka va stol tennisi turlari bo’yicha musobaqalar bo’lib o’tadi. G’oliblar va faol ishtirokchilar institut Kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan taqdirlanadilar.

Unutmang! Musobaqalarda har bir ishtirokchi o’z fakulteti sha’ni uchun maydonga chiqadi! Sog’lom turmush tarzini institut bo’ylab ommalashtiramiz!