“Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Iymoni butun, ruhi pok, irodasi baquvvat, vijdoni uyg‘oq odamni aslo yengib bo’lmaydi. Ana shunday fazilatlarga ega butun bir xalqning qudratini tasavvur etish qiyinmas. Bugun bizni turli axborot vositalari, xususan, internet saytlarining xavfi, salbiy oqibatlari ko’proq tashvishga solmoqda.

Shu munosabat bilan bugun, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʼyicha qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda talaba-yoshlarning ilg‘or g‘oya, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini hal qilish maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti ma’muriyati, fakultet dekanlari, kafedra professor-o‘qituvchilari va institutning ming nafarga yaqin talabalari ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Ilhom Ma’rupov diniy ekstremizm, noqonuniy dorilarning  kelajak ildiziga уеtkizayotgan zarari va yoshlarning bo‘sh vaqtini  mazmunli o‘tkazishlari haqida mulohazali fikrlarni  bildirdi. Darhaqiqat, XXI globallashuv asrida yoshlarning qalbi va ongini egallash uchun mislsiz kurash bormoqda. Bu kurash, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda avj pallasiga chiqqan. Shuning uchun ham berilayotgan barcha ma’lumotlarni foydali va xolis deb bo‘lmaydi. Shuni inobatga olgan holda, yoshlar doimo sergak va ziyrak bo‘lmoqlari darkor!