🔵 Talabalar festivali – 3-KUN!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan, institut talabalari o‘rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida “Yoshlar hayotida besh muhim tashabbus” shiori ostida tashkil etilayotgan “Talabalar festivali” doirasida O‘zbek milliy sport turlaridan biri hisoblangan Belbog‘li kurash sport ustasi, mahoratli sportchi Zaylobiddin Artikov va uning shogirdlari ishtirokidagi mahorat darsi tashkil etildi.

🥋 Zaylobiddin Artikov sportchilik faoliyati davomida 10 karra O‘zbekiston chempioni, 2 karra jahon chempionligini hamda bir necha marotaba jahon chempionatida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Uning belbog‘li kurash bo‘yicha tayyorlagan shogirdlari jahon arenalarida faxrli o’rinlarni qo’lga kiritib kelmoqda.

🥋 Belbog‘li kurashning ko‘p javhalari o‘zbek xalq milliy kurashiga o‘xshab ketadi, lekin bu sport turida sportchilar asosan belbog‘ orqali kurashadilar. Bu sport o‘zida milliy an’ana va belgilarni jamlagan. Yurtimizda hech bir bayram milliy kurash bellashuvlarisiz o‘tmasligi ham bejiz emas.

Yurtimizda sportsevar yoshlar uchun sportning barcha turlari bo‘yicha keng shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu esa mamlakatimizda nomdor sportchilarning yetishib chiqishida muhim omil sanaladi. 

“Talabalar festivali” doirasida o‘tkazilgan mahorat darsi institutda tahsil olayotgan o‘g‘il-qizlarga g‘urur va faxr tuyg‘ularini shakllantirishda, sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.