🟠 Talabalar festivali – 3-KUN!

“Yoshlar hayotida besh muhim tashabbus” shiori ostida tashkil etilayotgan “Talabalar festivali”ning uchinchi kunida davlatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi namunali orkestrining bayram dasturi yuqori shukuhda o’tkazildi.

O’zligimiz ramzi, xalqimiz madaniyatining qadimiyligi, uning o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida e’tirof etiladigan Bayrog’imizni talaba-yoshlar orasida yanada ulug’lash maqsadida festival doirasidan ikki kundan buyon ushbu bayram dasturi tashkil etilmoqda.

Davlat ramzlari qatorida hur bayrog‘imiz xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi, intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr, iftixor bag‘ishlaydi va u mangudir! Ushbu qutlug bayram arafasida tashkil etilayotgan bayram dasturlari  institut talaba-yoshlari tomonidan iliq taassurotlar bilan kutib olinganligini, kuy-qo’shiqlarga hamohang tarzda raqsga tushayotgan yoshlarning kayfiyatidan ham bilish mumkun.

Bayram dasturi mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi namunali orkestriga institut rahbariyatining minnatdorlik sovg’alari taqdim etildi.