⚡️Bizning faxrli talaba-yoshlar!⚡️

Bugun poytaxtimizning nufuzli mehmonxonalaridan biri hisoblangan “Hyatt regency” mehmonxonasida “UZBEKISTAN FASHION WEEK” nomi ostida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at va dizayn fakulteti Dizayn: libos va gazlamalar ta’lim yo’nalishi 2021-2022 o’quv yili bitiruvchilarining diplom ishlari namoyishi bo’lib o’tdi. Mazkur liboslar namoyishida institutda mazkur mutaxassislik bo’yicha tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari ham o’z ijod namunalari bilan faol bo’lishdi.

Yuqori shukuhda tashkil etilgan liboslar namoyishida Amaliy san’at va dizayn fakulteti dekani Yulduz Narziyeva soha mutaxassislari va mas’ul xodimlar bilan birgalikda ishtirok etishdi. 

O’z iste’dodi, iqtidori va ijodiy qobiliyati bilan o’rnak bolayotgan talaba-qizlarimizga omad tilagan holda kelgusida yetuk dizayner bo’lib yetishishlariga umid bildiramiz!