🟢 Talabalar festivali – 4-KUN!

“Yoshlar hayotida besh muhim tashabbus” shiori ostida tashkil etilayotgan “Talabalar festivali” doirasida “Nihol” mukofoti sovrindori, elimiz ardogidagi taniqli baxshi Ahror Hushvaqtov bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Mazkur ijodiy uchrashuv yoshlar uchun madaniyat va sanʼat sohasidagi master klassga aylandi. Mashhur ijodkor tomonidan  ko‘ngilga yaqin qo‘shiqlar kuylanib, aytilgan ijod namunalari yoshlarning qalbidan joy oldi.