⚡️Bizning faxrli ijodkor talabalar⚡️

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti 4-bosqich talabasi, о‘z ijodiy yo’nalishiga ega bо‘lib borayotgan yosh va umidli ijodkor Shohruh Suyunovning “Suyunov Art” nomli ijodiy ustaxonasini ochilish marosimi bо‘lib о‘tdi.

Ijodkorning dо‘stlari, ustozlari va oila a’zolari ishtirokida bо‘lib о‘tgan tadbirda Shohruh tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi. Aytish о‘rinliki, Shohruh “Mahobatli rangtasvir” yo’nalishida qilayotgan ijodidan tashqari institutda “Street art” yo‘nalishida ham bir qancha e’tiborli yutuqlarga erishib kelmoqda. Shuningdek, ushbu talabamiz zamonaviy sport turiga aylanayotgan kubik-rubik yig‘ish bо‘yicha “Butunjahon Speedcubinglar Assotsiyatsiya” rо‘yxatiga kiritilgan. 

Institut jamoasi nomidan iqtidorli va tashabbuskor Shohruhga ulkan ijodiy parvozlar va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.