⚡️Bizning iste’dodli talaba-yoshlar⚡️

O‘zbekistonda kino san’ati nisbatan yosh san’at turi hisoblanadi. Hozirgacha kino xodimlari ushbu san’atning jadal rivojlanishi uchun  samarali harakat qilishdi va qisqa muddat ichida o’zbek kinosi ma’lum bir shaklga ega bo‘ldi. Film dekoratsiyasi sanʼati esa film voqealarini suratga olish uchun ssenariy asosida pavilon yoki tabiiy sharoitda yaratilgan moddiy muhitga aytiladi. Filmning turli epizodlarida dekoratsiya turlicha ahamiyatga ega: ayrim hollarda tomoshabinga sezilmaydigan zamin bo’lsa, baʼzan voqealarni yuzaga keltirib chiqaruvchi obrazli muhit vazifasini o’taydi. Bugun kino san’atida kompyuter texnologiyalari kо‘proq ahamiyatga ega bо‘lib bormoqda. Jumladan, film dekoratsiyalarida ham.

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.aQuvonarli tomoni, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tahsil olayotgan bir qancha ijodkor-yoshlar bugungi zamonaviy dasturlar asosida film dekoratsiyalari yaratilishida ishtirok etib kelishmoqda. Kо‘plab zamonaviy film va kliplarning yanada mukammal chiqishiga о‘z hissasini qо‘shib kelayotgan ijodkor talaba-yoshlardan biri, Tasviriy san’at fakulteti “Multfilm va kompyuter multipilkatsiyasi” ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi Qudratillo Nabijonov tomonidan talaba-yoshlar uchun “Zamonaviy film dekoratsiyasini 3D modellashtirish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Ma’lumot o’rnida, 3D formatli filmlar odatda maxsus ko’zoynaklar yordamida tomoshabinda kuzatilayotgan tasvirlarga nisbatan uch o’lchamli degan taassurotni paydo qiladigan filmlardir. 2000-yillardan bunday turdagi filmlar butun dunyo boʻylab ommalashgan.

3D animatsion filmlarni yaratish juda murakkab jarayon. Bu har bir mutaxassisdan katta tajriba, g’ayrat va sabr talab etadi. Mahorat darsi mobaynida ushbu murakkab, ammo bir muncha qiziq va ijodiy iste’dod talab etuvchi animatsion filmlarni 3D moslamada chizish imkoniyatini beruvchi zamonaviy qurilma to’g’risida ham yoshlarga batafsil ma’lumotlar berildi. Ushbu mutaxassislik bo’yicha tahsil olayotgan talabalar tadbir mobaynida ushbu moslamada to’g’ridan-to’g’ri eskizlar yaratishga ham musharraf bo’lishdi.