⚡️Xushxabar!⚡️

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Grafika” kafedrasi professori Asliddin Kalonov Turkiya davlatining Adana shahrida o‘tkazilgan “Otteri-Adana-2022” 7-xalqaro Turkiy davlatlar she’r va musiqa festivalida “Eng yaxshi kitob illyustratsiyasi” nominatsiyasi bo’yicha g‘oliblar qatoridan o’rin egalladi.

Ustoz Asliddin Kalonovning qirg‘iz adibi J.Monoldorovning asariga ishlagan illyustratsiyalari Chukurova (Adana shahri tumani) adabiyotchilar uyushmasi tomonidan yuqori baholanib, yuksak mukofot – “Mustafo Kamol Otaturk” medali bilan taqdirlandi.

Institut jamoasi ustozni ushbu nufuzli yutuq bilan samimiy muborakbod etgan holda yosh ijodkorlarga bilim berishda va milliy san’atimiz rivoji yo’lida olib borayotgan samarali mehnatlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.