🎗1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni!

Ayni kunda insoniyat eng katta dushmanlaridan biri, shubhasiz, orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) kasalligi hisoblanadi. Uning darajasi va xavfi haqida aholiga, ayniqsa, yosh avlodga tushuncha berish, ularning bu bedavo dardga chalinishlarini oldini olish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridandir. Shularni inobatga olgan holda bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti Tyutorlari – Salomat Isaqulova, Ozod Saidov, Nilufar Abdullayeva hamda Doniyor Mulladjanovlar tomonidan OITS – asr vabosi nomli tadbir tashkil etildi. Tadbir ikki qismdan iborat bо‘ldi.

 

Dastlab talabalarga fakultet Xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi, tyutor Salomat Isaqulova tomonidan OITSning yuqish yo’llari, himoyalanish choralari, yuqtirish xavfi haqida batafsil ma’lumot berildi. Ushbu illatga chalingan insonlar hayoti aks ettirilgan viderolik ham namoyish etildi.

Tadbirning ikkinchi qismida esa ijodkor talabalar tomonidan ushbu kasalikka qarshi kurash aks etgan plakatlar tanlovi tashkil etildi. Berilgan qisqa vaqt davomida yaratilgan ijod namunalari “Dastgohli rangtasvir” kafedrasi о‘qituvchisi Bobur Vahobjonov tomonidan baholandi. Ijodiy ishlarga baho berishda asosiy eʼtiborni gʻoya va mavzuni qanchalik teran aks ettira olinganiga qaratilganligiga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir sо‘ngida faol ishtirokchilar fakultet rahbariyatining sovg’alari bilan taqdirlandi.