Begoyim Olimjonova shu kunga qadar rangtasvir yoʻnalishi boʻyicha bir qator tanlov va koʻrgazmalarda faol ishtirok etib, faxrli yutuqlarga sazovor boʻlgan. Xususan, “Barkamol avlod” bolalar ijodiyoti markazi tomonidan tashkil etilgan “Yosh qalamkash” respublika tanlovida 1-oʻrin sohibasi boʻlgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy Ijodkorlar uyushmasi Qashqadaryo viloyati boʻlimi va Qashqadaryo viloyati hokimiyati tomonidan oʻtkazilgan “Vatan mening nigohimda” mavzusidagi koʻrik-tanlovda tasviriy sanʼat yoʻnalishi boʻyicha faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan.
Rossiyaning Moskva shahrida oʻtkazilgan “Гениальный дети” xalqaro koʻrik-tanlovida ishtirok faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan.
Avstriya davlatida oʻtkazilgan “World competition” xalqaro koʻrik-tanlovida 2-oʻrinni qo‘lga kiritib, xalqaro medali bilan mukofotlangan.