🔰 Bugun 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni.

Shu munosabat bilan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at va dizayn fakulteti tyutorlari hamda volontyor talabalar hamkorligida Yakkasaroy tumani 25-sonli imkoniyati cheklangan bolalar ixtisoslashgan maktabida mahorat darslari tashkil etildi.

Volontyor talabalar – Begoyim Olimjonova, Muhammadqodir Tillaqo‘ziyev, Julduz Alpisbayeva, Guliruh Normahmatova, Diyor Tursunboyev va Yulduz Ergashevalarning mahorat darslari bolajonlarga zavq bag‘ishladi.

Institutimiz talabalari tomonidan o‘tkazilgan bir-biridan qiziqarli mahorat darslari bolajonlarga o‘zgacha quvonch bag‘ishladi.

Institutimiz talabalari tomonidan o‘tkazilgan bir-biridan qiziqarli mahorat darslari bolajonlarga o‘zgacha quvonch bag‘ishladi.