Magistrantlarning mutaxassislik fanlaridan yakuniy nazorat koʻriklari oʻtkazildi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2-bosqich magistrantlarining mutaxassislik fanlaridan yakuniy nazorat koʻriklari oʻtkazildi. Koʻriklar “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi professori, Oʻzbekiston xalq rassomi Rustam Xudayberganov boshchiligidagi Komissiya aʼzolari tomonidan baholab borildi. Boʻlajak mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan har bir ijod namunasi sinchiklab, professional jihatdan tahlil etildi. Negaki, bu ijodiy ishlarning mualliflari tez fursatlarda yakuniy himoyaga chiqib, magistrlik darajasiga davogar boʻlishadi. Bu esa oʻziga xos masʼuliyat. Shuningdek, mazkur ijodiy ishlarning ilmiy tomoniga ham alohida eʼtibor qaratildi. Chunki magistr-talabalar bakalavr bosqichidan farqli oʻlaroq oʻz mavzulari yuzasidan ilmiy izlanish ham olib borishlari kerak. Shuni hisobga olgan holda bu ishlarga yuqori talablar asosida yondashildi.