✨Bizning faxrli talabalar✨

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Tasviriy sanʼat” fakulteti “Multiplikatsiya” yoʻnalishi 4-bosqich talabasi, “Kamoliddin Behzod stipendiyasi” sovrindori, koʻplab Xalqaro va respublika koʻrik- tanlovlari gʻolibi Asliddinxoʻja Hotamov Qozogʻiston Respublikasining Ostona shahrida oʻtkazilgan  “Eng yaxshi talaba – 2022” xalqaro tanlovida ishtirok etib, faxrli I-darajali diplom va koʻkrak nishoni hamda maqolalar toʻplamiga sazovor boʻldi. Institut jamoasi iqtidorli va isteʼdodli talaba Asliddinxoʻja Hotamovga kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyat doimo hamroh boʻlishini tilaydi!