🔔AZIZ TALABA QIZLAR!🔔

Ijodkor talaba qizlar uchun yangi stipendiya joriy etildi!

Iqtidorli xotin-qizlarni oliy ta’lim muassasalarida qo‘llab-quvvatlash uchun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida  “Shamsiro‘y Hasanova nomidagi maxsus stipendiya” ta’sis etildi. 

Maxsus stipendiya talablari:

o‘quv yili davomida aʼlo va yaxshi baholarga o‘qish;

tasviriy va amaliy san’at bo‘yicha ijodiy asarlar yaratish;

Shamsiro‘y Hasanova faoliyatiga doir ilmiy-tadqiqotlar olib borish;

san’atshunoslik va muzeyshunoslikni keng targʼib qilish yo‘nalishida alohida faollik ko‘rsatish;

institutning ilmiy va maʼrifiy hayotida faol bo‘lishlari kerak.


Talabgorlarning hujjatlari joriy yilning 1-fevralga qadar qabul qilinadi!

Stipendiyaga sazovor bo‘lgan talaba qizlar “Shamsiro‘y Hasanova nomidagi maxsus stipendiya sohibi” guvohnomasi hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.