⚡️Talabalik – oltin davrim!⚡️

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga qarashli Talabalar turar joyida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, madaniyat va san’atning turli sohalariga qiziqishlarini oshirish hamda iqtidorlarini namoyish qilish maqsadida “Talabalik – oltin davrim!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ilhom Ibodov ochib berdi va talabalarga xush kayfiyat tiladi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirga taklif etilgan yosh va iste’dodli san’atkorlarning chiqishlari, ular tomonidan ijro etilgan ashula va raqslar kechaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Talabalar ko‘tarinki kayfiyatda raqslarga tushishdi va san’atkorlardan ruhlangan bir nechta talabalarimiz Vatanni tarannum etuvchi qo‘shiqlar kuylashdi. Tadbir yakunida Talabalar turar joyida yashayotgan talaba-yoshlar madaniy-ko‘ngilochar tadbir tashkil etgani uchun tashkilotchilarga  minnatdorlik bildirishdi.