Alisher Navoiy oʻzbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulugʻ siymolardan biridir.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalarning bо‘sh vaqtlarini yanada mazmunli tashkil etish bо‘yicha o’tkazilishi an’anaga aylangan “Talabalar oqshomi” turkum tadbirlari davom etmoqda. Oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan Tasviriy san’at fakulteti tyutorlari boshchiligida ijodiy ishlar tanlovi tashkil etildi. Tanlovda talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlar faol ishtirok etishdi.

 Ijodiy tanlov yakunida g’oliblar va iste’dodli, faol yoshlar esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.