“Yoshlar orasida giyohvand vositalarini tarqatilishiga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati о‘tkazildi

Ma’lumki, yurtimiz bo‘ylab 1-fevraldan 1-martga qadar “Yoshlar orasida narkotik vositalarining tarqatilishiga qarshi kurash” tezkor-profilaktik tadbirlari о‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan bugun, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida giyohvand vositalarini tarqatilishiga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati о‘tkazildi.

Tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filiali vrach-narkologi Sayyora Intizorova ishtirok etib, giyohvandlik illati, unga tobe bо‘lish sabablari, ularning salbiy oqibatlari, psixotrop dori vositalarining yoshlar orasida tarqalishi va uning ta’sirlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbirda mavzuga oid maxsus videorolik namoyish etildi va talabalar о‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi. Shuningdek, yig‘ilishda psixotrop moddalar haqida ham sо‘z yuritilib, bu illatlar domiga ilinib qolayotgan yigit-qizlarni tо‘g‘ri yо‘lga boshlash, ularni komil va yetuk farzand qilib tarbiyalashda hamkorlikda ish olib borish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.