🔰 XOTIN-QIZLAR FAOLIYATIDA INNOVATSION YONDASHUV: YUTUQLAR VA ISTIQBOLDAGI REJALAR.

О‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qо‘llab-quvvatlash vazirligining tegishli buyrug‘i ijrosi yuzasidan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Xotin-qizlar Maslahat kengashining chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarga asoslanib bugun, “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni”ga bag‘ishlab Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sevara Jumayeva, San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti Xotin-qizlar kengashi raisi Feruza Hasanova va Tasviriy san’at fakulteti Xotin-qizlar kengashi raisi Salomat Isakulovalar tashabbusi bilan “Xotin-qizlar faoliyatida innovatsion yondashuv: yutuqlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida talaba-qizlarning ilmiy salohiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur davra suhbatiga Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori, falsafa fanlari doktori Ozoda Nishanova, Abu Ali Ibn Sino nomidagi  ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha maktab-internati direktor o‘rinbosari, pedagogika fanlari doktori Jamila Tolipova, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Dilfuza Yunusovalar tashrif buyurib, о‘zlarining ilm-fan sohasidagi erishgan yutuqlari hamda katta ilmiy tajribalari bilan о‘rtoqlashib, talaba-qizlarga kerakli tavsiyalar va qimmatli ma’lumotlarni berishdi.

Tadbirning ahamiyatli jihati talaba-qizlarning kelgusida о‘z tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishga qiziqish uyg’otish, ilmiy salohiyatlarini yuksaltirishdan iboratdir. Shu sababdan, bugungi davra suhbati yuqori ilmiy ahamiyatga ega tadbirlardan biri bо‘ldi.