⚡️ ULUG‘ AMIR VA DONNA MARIYA⚡️

Joriy yilning 25-yanvaridan 23-fevraliga qadar «O‘zbekfilm” kinokonserni DUK tomonidan “Ulug‘ Amir va donna Mariya” filmi suratga olinish rejalashtirilgan. Ushbu  filmni suratga olishda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn  institutining “Teatr bezagi rangtasviri” fakulteti o‘qituvchisi Shamshetdin Ibraymov ishtirok etish uchun Turkiya respublikasiga “Liboslar bo‘yicha rassom” sifatida taklif etilgan. Hozirda filmning tarixiy va chet el sahnalarini tasvirga olish uchun tayyorgarlik ishlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Xususan tarixiy sahnalar uchun dekoratsiya pavilonlari, tarixiy qal’alar, muzeylarni o‘rganish va dekoratsiya qurish uchun tayyorgarlik olib borilyapti. Shu bilan bir qatorda zarur bo‘lgan rekvizitlar yasatish va izlash, libos eskizlarini tayyorlash, ularni tikish uchun materiallar yig‘ilib, zamonaviy sahnalar uchun obyektlar qidirilmoqda va ular ustida ishlanmoqda.