🔆 AXBOROT VA MURABBIYLIK SOATI

Ma’lumki, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida faoliyat yuritayotgan guruh tyutorlari boshchiligidagi “Axborot soatlari”ni o‘zgacha ruhda tashkil etish maqsadida har hafta turli ma’naviy-ma’rifiy, badiiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Bugun Dizayn fakultetida “Taniqli inson bilan uchrashuv” rukni ostida o‘tkazilgan mazkur axborot va murabbiylik soatida xalqimiz ardog‘idagi ijodkor, taniqli shoumen Ahror Qo‘shaqov hamda milliy baxshichilik san’atining yorqin ijodkorlaridan biri Otash baxshi ishtirok etdi.

Axborot va murabbiylik soati mobaynida ijodkorlarning san’at sohasida bosib o‘tayotgan zalvorli yo‘llari, yoshlar tadbiyasida san’atning o‘rni to‘g‘risida ma’lumotlar berilishi bilan bir qatorda ular tomonidan ijodiy namunalar ham havola etildi.