🌟TALABALAR OQSHOMI🌟

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlarning vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida haftaning har juma kunida “Talabalar oqshomi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish an’anaga aylangan. Bugun San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakultetining “Muzeyshunoslik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari xususan, kafedra mudiri Jasur Ahmedov, o‘qituvchilar Feruza Hasanova, Gulnora Omonxo‘jayeva, Umida Bozorboyeva, Umidjon Alimov va Bahodir Madaminovlar tomonidan “Jahon muzeylari – kvesti” mavzusidagi intellektual o‘yinlar tashkil etildi.

Intellektual o‘yin mobaynida talabalarga jahon muzeylari kolleksiyalarida saqlanayotgan mashhur rangtasvir asarlaridan reproduksiyalar ko‘rsatildi. Talabalar esa tezkorlik bilan asarlarning muallifi va nomi to‘g‘risida ma’lumot berishdi. Kechani yanada ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida faol yoshlar ishtirokida “Art auksion” loyihasi ham o‘tkazildi.

Auksionda dunyo muzeylarida saqlanayotgan buyuk rassomlarning asarlari tanlab olinib, ko‘zlari yumilgan holda ushbu shedevr asarlardan nusxalar chizildi va auksionga qo‘yildi. Barcha faol yoshlar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan kitoblar bilan taqdirlanishdi.