🔹ZAKOVAT – 3-MAVSUM!🔹

Talaba-yoshlarning iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirish, intellektual salohiyatini ko‘tarish va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Zakovat” intellektual tur o‘yinlarining 3-MAVSUM bellashuvlari bugundan start oldi. “Referendum – 2023: kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida boshlangan mavsum o‘yinlarining 1-turi qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tdi. O‘yin jarayonlari bevosita klub koordinatori Sarvar Musurmonov hamda institut Yoshlar yetakchisi Jamoliddin Sa’dullayevlar tomonidan tizimli tarzda olib borildi.

Mavsumning 1-tur o‘yinida institutning eng zukko va zehnli yoshlaridan iborat 8 ta jamoa о‘z bilimlarini sinovdan о‘tkazishdi. Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, yoshlarni o‘zaro biriktirib, ilm olishga, izlanishga, o‘rganishga undayotgan “Zakovat” intellektual o‘yinlari zukko yoshlarni yuksaklik sari ildam odimlashlari uchun pillapoya bo‘lib xizmat qilmoqda.