Guliraʼno AZIMOVA,
Аlohida taʼlimga ehtiyoji bor bolalar uchun ixtisoslashtirilgan bolalar 87-maktab direktori:
– Bugun maktabimizga Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti ustoz tyutorlari, bir-biridan isteʼdodli talabalari oʻz ijod namunalari bilan qatnashdilar. Bu yerda taʼlim olayotgan imkoniyati cheklangan bolalarga sanʼat sirlarini oʻrgatish bilan cheklanmay, oʻz ijod namunalarini sovgʻa qilishgani judayam quvonarli hol boʻldi. Men bu yerga kelgan talabalarni kuzata turib shuni angladimki, ularning samimiy qalblari mehr-muruvvatga toʻla. Ertamiz mana shu yoshlar qo‘lida ekan, bugun mening koʻnglim togʻdek koʻtarildi. Faxr bilan shuni ayta olamanki, aynan mana shunday yoshlar bizning kelajagimiz uchun qaygʻurishadi. Men maʼnaviyati boy, madaniy merosini qadrlaydigan, oʻtayotgan bugunidan unumli foydalanib, ertasiga ishonch bilan poydevor qoʻyayotgan mana shunday mehr-oqibatli yoshlarimiz borligidan gʻoyatda mamnunman!