🌱 Hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi

Bugun erta tongdan butun mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va ko‘rkam mahallam” shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu ezgu tadbirlarga Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik instituti professor-o’qituvchilari va talabalari ham o‘zlarining munosib ulushlarini qo‘shishmoqda. Institutda fakultetlar kesimida manzarali ko’chatlar ekilib, mavjud daraxtlar oqlandi.

Xashar mobaynida, institutning Bosh o’quv binosi hududiga daraxt ko‘chatlari, turfa xildagi gul ko‘chatlari ekilib, atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish kabi yumushlar bajarilda. Daraxtlar oqlanib, shakl berildi. Atrofdagi ariqlar ichi tozalandi.