Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektorining tegishli buyrug‘i bilan Mulladjanov Elyor Davlatovich Axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi – Matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

Elyor Davlatovich Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida О‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand uyushmasi” xalqaro aloqalar bо‘limi bosh mutaxassisi, “О‘zbekmuzey” jamg‘armasi tashqi aloqalar bо‘limi bosh mutaxassisi, О‘zbekiston amaliy san’ati va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida Kotibyat va ijro nazorati bo‘limi boshlig‘i, “О‘zbekiston muzeylar kengashi” ijrochi direktori va raisi, О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bosh mutaxassisi, Madaniy meros agentligi boshqarma boshlig‘i о‘rinbosari, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Ishlar boshqarmasi boshlig‘i va boshqa lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti dekani lavozimida ishlagan.