Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektorining tegishli buyrug‘i bilan Umirzоqov Shuhrat Mahmudovich Registrator ofisi direktori lavozimiga tayinlandi.

🎓 Shuhrat Mahmudovich mehnat faoliyati davomida “Quyosh” ishlab chiqarish savdo firmasi bosh hisobchisi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat Qo‘mitasi hududiy boshqarmasida Bosh mutaxassis, ATB “Kapital bank” chakana biznesni rivojlantirish Departamenti Shahrisabz mini bankida Bosh mutaxassis, Shahrisabz “Don xalq rizqi” AJ hisobchisi, “Qarshi sharob savdo” MCHJda bosh hisobchi lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan.

🎓Tayinlovga qadar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bosh hisobchisi lavozimida ishlagan.