
Markazdagi sopol idish: (egizak nusxasi)
Ushbu buyum antik davrga oid an’anaviy sopol idish bo‘lib, suv yoki boshqa suyuqliklarni saqlash uchun ishlatilgan. Uning ikki yonida tutqichlari bor, bu esa uni ko‘tarishda qulaylik yaratgan. Bunday idishlar ko‘pincha qadimiy madaniyatlarda, xususan, O‘rta Osiyo va Yaqin Sharq hududlarida keng tarqalgan bo‘lgan.
Bu sopol idish Kamoliddin Behzod nomidai Milliy rassomlik va dizayn institutining “Amaliy san’at” fakultetining “Badiiy kulolchilik” yо‘nalishining iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan.

Ikki ilon tasviri.
Bu ikki ilon tasviri asl nusxasi O’zbekiston tarixi davlat muzeyida saqlanaди. Ikki ilon tasviri toshdan yo’nib yasalgan bo‘lib, 1893-yilda Farg’ona viloyatidagi So’x daryosi quyilishida, yer ishlari olib borilayotganda, zamonaviy qatlamdan 1 metr chuqurlikda mahalliy aholi tomonidan topilgan. U taqasimon shakla ega. Qadimda ko’pgina mamlakatlarda ilonga sig’inishgani ma’lum. Afsonalarda, turli xalqlarning xalq og’zaki ijodida ular ikki xil qarashlarda tasavvur qilingan biri-yaxshilik, boshqasi-yomonlik. Yaxshisi ins-jinslardan saqlagan, uyni qo’riqlagan, farovonlikni anglatgan. Ayrim xalqlarda ilon hosildorlik va abadiyat ramzi bo’lgan. Tumor xrizotildan, serpentinlarning ma’dan guruhidan yasalgan.
Bu ikki ilon tasviri Kamoliddin Behzod nomidai Milliy rassomlik va dizayn institutining “Amaliy san’at” fakultetining “Badiiy kulolchilik” yо‘nalishining iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan.