O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi “Kreativ iqtisodiyot bo’yicha IV Butunjahon anjumanining Toshkent shahrida o’tkazilishiga tayyorgarlik ko’rishga oid chora-tadbirlar to’g’risidagi”  PQ-301-son qarori ilovasi bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar reajasining 16.1 ijrosi bo’yicha

“Noyob muzey ashyolari va kolleksiyalarining replikatsiyalarini tayyorlash hamda ularni realizatsiya qilish” mavzusida  Toshkent shahridagi muzeylar bilan realizatsiya qilish yuzasidan ishlarni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Tarixi Davlat muzeyi, O‘zbekiston Davlat San‘at muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston amaliy san‘at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeylarida saqlanayotgan eksponatlarning 100 ga yaqin egizak nusxalarini yaratishda Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI iqtidorli talabalari Sh.Raximov , S.Solijonov , S.Toshpo’latova , A.Abdufattoyev , M.Rustamova, F. Olimjonova  kabi ijodkor yoshlarlarning har biri o’z mahoratlarini namoyish etishdi.