Bugun “Dizayn” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Bitiruv Malakaviy Ishlarni holati, sifati o‘rganildi va talabalarni ulgurish darajalari, amaliy va yozma qismlarini sifatli darajada yakunlash masalalar muhokama qilindi.

Sanoat dizayni yo‘nalishi bitiruvchilari tomonidan tayyorlangan taqdimotlar sinchkovloik bilan o‘rganib chiqildi va talabalarga kafedra o‘qituvchilari ham amaliy hamda nazariy maslahatlar berishdi.


Eslatib o’tamiz mana bir necha yildirki kafedra tomonidan har yilning mart oyidan boshlab bitiruvchi talabalar diplom ishlari har ikki haftada o‘rganilib, monitoring olib boriladi. Bu esa bitiruvchilar uchun katta motivatsiya berish bilan bir qatorda, ular bajarayotgan ishlar kamchiliklari o‘z vaqtida bartaraf qilib boriladi.