Bugun, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Abbosjon Mirzoraximov boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘istonning K. Jubanov nomidagi Aqtobe mintaqaviy universitetida o‘tkazilgan “Ta’lim jarayonini o‘rganish va ijodiy ishlarning raqamli texnologiyalari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida faol ishtirok etdi.
Mazkur konferensiyada rektor Abbosjon Mirzoraximov o‘zining ilmiy yondashuvi, ijodiy tajribasi va innovatsion fikrlari bilan ishtirokchilar e’tiborini qozondi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida xalqaro ilmiy aloqalarni kuchaytirish, san’at va dizayn sohasida integratsiyani rivojlantirish hamda badiiy ta’limni zamonaviy raqamli texnologiyalar orqali yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida tashlangan ilk qadamlar munosabati bilan K. Jubanov nomidagi Aqtobe mintaqaviy universitetining Tashakkurnoma (Алғыс хат) bilan taqdirlandi. Ushbu e’tirof nafaqat shaxsiy muvaffaqiyat, balki ikki qardosh davlat o‘rtasidagi ta’lim va madaniyat sohasidagi hamkorlikning mustahkamlanayotganidan dalolatdir.


