Bugun, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Abbosjon Mirzoraximov boshchiligidagi delegatsiya Qozog‘istonning K. Jubanov nomidagi Aqtobe mintaqaviy universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashu doirasida:
Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ilmiy almashinuv va qo‘shma loyihalar imkoniyatlarini kengaytirish, san’at va madaniyat orqali yaqin hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Konferensiya boshlanishidan avval mehmonlar institut talaba va ustozlarining ijodiy ishlari taqdim etilgan badiiy ko‘rgazma bilan tanishdilar. Ko‘rgazmada:
-Tasviriy san’at asarlari;
-Zamonaviy yondashuvda yaratilgan landshaft dizayn maketlari;
-Estetik tafakkur va milliy ruhni mujassam etgan badiiy ishlanmalar namoyish etildi.
Konferensiya “Ta’lim va ijodiy faoliyat tadqiqotlarida raqamli texnologiyalar” mavzusiga bag‘ishlanib, san’at, dizayn, muzeyshunoslik hamda ta’limdagi zamonaviy tendensiyalar va ilmiy qarashlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Bu uchrashuv – ilm, san’at va ma’naviyat sohasida ikki qardosh xalqni yanada yaqinlashtiruvchi muhim qadam bo‘ldi.


