Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Abbosjon Mirzoraximov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Aqtobe universiteti tomonidan ta’lim jarayonlari, talabalarning ijodiy ishlari, ilmiy faoliyat va yaratilgan zamonaviy infratuzilma bilan yaqindan tanishtirish dasturi tashkil etildi.




Tashrif davomida:
-O‘quv va ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdilar;
-Talabalarning raqamli texnologiyalar asosidagi loyihalari va san’at ishlari ko‘rib chiqildi;
– Universitet kutubxonasi, ijodiy ustaxonalar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar yuqori baholandi.




Ushbu tashrif, ikki qardosh davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy, madaniy va innovatsion hamkorlikni mustahkamlash, ayniqsa, badiiy ta’limda ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Abbosjon Mirzoraximov mazkur safar davomida orttirilgan bilim va kuzatishlar asosida institutda yangi hamkorlik tashabbuslarini boshlab berishga tayyorligini ta’kidladi.



