“Karyera kuni” doirasida bitiruvchi talabalarni ishga joylashtirish hamda ijodiy yo‘nalishlarda mustahkam aloqalarni o‘rnatish maqsadida, Respublika miqyosida tasviriy san’at, amaliy san’at, arxitektura, dizaynerlik va grafik-dizayn kabi turli ijodiy sohalarda o‘zining o‘rniga ega bo‘lgan “Mursak” brendi, “DIP ANIMATION” korxonasi, “Architects Garden” firmasi hamda “Bek Mega” tekstil korxonalari rahbarlari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.