📍 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mironshoh ko‘chasi 123-uy (https://maps.app.goo.gl/M5figfuiBweMtLn5A) manzilida joylashgan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bosh binosida yuqoridagi tartib asosida o‘tkaziladi.
Hurmatli abituriyentlari, Kasbiy (ijodiy) imtihon kunlari imtihon boshlanishidan 1 soat avval shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan imtihon o‘tkaziladigan manzilga yetib kelishingiz lozim. Belgilangan vaqtdan kech yetib kelgan abituriyentlar imtihonlarga kiritilmaydi
⭕️ Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini institutning rasmiy youtube sahifasi orqali “Jonli efir” (https://qrfy.io/vRuer2o5K6)tugmasini bosish yoki afishadagi maxsus QR kodni skanerlagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.
💬 Ma’lumot uchun, abituriyentlar faqatgina o‘zlarining imtihon natijalari yuzasidan imtihon javoblari e’lon qilinganidan so‘ng 24 soat ichida Apellyatsiya komissiyasiga “Appelyatsiya berish” (https://qrfy.io/DDZFpsl525) tugmasini bosish yoki afishadagi maxsus QR kodni skanerlagan holda onlayn ariza bilan murojaat etishlari mumkin. Appelyatsiya murojaatlari komissiya tomonidan 1 kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
▶️ Qabul jarayonlari hamda institut faoliyatiga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
