"O'zbek va xorijiy tillar" kafedrasi

Kafedra mudiri:
Azizova Gulnora Shakirdjanovna
Ilmiy darajasi:
Ilmiy unvoni:
Qabul kunlari: dushanba-juma kunlari soat 09:00-16:00 gacha.
Telefon raqami:+99893 888-07-30
Email:
"O'zbek va xorijiy tillar" kafedrasi tarixi
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida dastavval, “Tillar va adabiyot” kafedrasi sifatida 1999-yil avgust oyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San‘atshunoslik fakulteti tarkibida tashkil etilgan.Institut Kengashining 2019-yil 30-avgustda o‘tkazilgan 1-sonli majlisida, “Tillar va adabiyot” kafedrasida o‘tiladigan fanlar institutda mavjud bo‘lgan 4 ta fakultetdagi barcha talabalarga o‘qitilayotganligi, mazkur kafedra mutaxassis chiqarmaydigan kafedra ekanligini inobatga olgan holda, San‘atshunoslik fakulteti tarkibidan chiqarilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektorga bo‘ysunishi ma‘qullangan. Institut Kengashining 2020-yil 29-avgustda o‘tkazilgan 1-sonli majlisida kafedra nomi “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi deb qayta nomlangan. 2022-yildan esa San‘atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti tarkibida faoliyat yuritmoqda.
"O'zbek va xorijiy tillar" kafedrasining asosiy maqsadi:
Talabalar ijodiy va g‘oyaviyـma’naviy saviyasini shakllantirish, xorijiy, rus va o‘zbek tillarida og‘zaki, yozma nutq ko‘nikmalarini va imlo savodxonligini rivojlantirish.
Shuningdek, ularni jahon va o‘zbek adabiyotining durdona asarlaridan boxabar etishdir.
"O'zbek va xorijiy tillar" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tarkibi:

Azizova Gulnora Shakirdjanovna
1983-yil 18-fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2005-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – lingvistika (ingliz tili). O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi. Pedagogik staji – 19 yil. Ko‘plab ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: xorijiy til, amaliy ingliz tili.
Email: gulnora3970581@gmail.com

Abdulxayrov Burxon Xusanovich
1967 yil 21-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tavallud topgan. 1995-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – filolog, o‘zbek tili fani o‘qituvchisi. O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti. Pedagogik staji – 6 yil. 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari:nutq madaniyati, jahon va o‘zbek adabiyoti tarixi.
Email: abdulxayrov@gmail.com

Qobilova Gulchehraxon Tadjibayevna
1969-yil 26-iyul kuni Andijon viloyatida tavallud topgan. 1991-yilda Andijon Davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi – Rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi. O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida katta o‘qituvchi. Pedagogik staji – 16 yil. 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: rus tili va adabiyoti.
Email: chehra_26@gmail.ru

Xorunova Saboxat Buriboyevna
1981 yil 18-avgust kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2003-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili). O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi. Pedagogik staji – 18 yil. 30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: xorijiy til, amaliy ingliz tili.
Email: sabohatxorunova@gmail.com

Axmedova Gulyuz Dilshodovna
1988-yil 3-may kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2016-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – lingvistika (ingliz tili). O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi. Pedagogik staji – 10 yil. 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: xorijiy til, amaliy ingliz tili.
E-mail: gulyuzkhon@mail.ru

Samatova Shoxsanam Abdijabbor qizi
1997-yil 30-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2020-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – ingliz tili lingvist (tadqiqotchi-pedagog). O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi. Pedagogik staji – 6 yil. 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: xorijiy til, amaliy ingliz tili.
E-mail: samatovashoxsanam97@gmail.com

Shoxafizova Nodina Akobir qizi
1993-yil 30-yanvar kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 2015-yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi – Rus tili va adabiyoti (o’zga tilli guruhlarda). O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi. Pedagogik staji – 8 yil. 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Dars beradigan fanlari: rus tili va adabiyoti.
Email: nodina93@gmail.com
"O'zbek va xorijiy tillar" kafedrasida o‘qitiladigan fanlar
Kafedrada quyidagi fanlardan bakalavr va magistr bosqichlarida darslar olib boriladi:
Xorijiy til (ingliz tili)
Amaliy ingliz tili
O‘zbek tili
Rus tili
Jahon va o‘zbek adabiyoti tarixi
Nutq madaniyati
O‘zbek adabiyoti tarixi (tanlov fan)
Badiiy adabiyot (tanlov fan)