Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizayn institutida “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti” tanlovining tasviriy va amaliy, dizayn yo‘nalishida respublika miqyosidagi yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Tanlov ishtirokchilari respublikamizning barcha hududlaridan tashrif byurdilar. Ular o‘zlari bilan olib kelgan ijodiy namunalarini ko‘rgazma sifatida namoyish etdilar. Respublika bosqichi kommisiya a’zoligiga O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining rassomlari uyushmasi a’zolari va ijodiy yo‘nalishdagi Oliy Ta’lim Muassasalaridan proffessor-o‘qituvchilar tarkibidan iborat hay’at a’zolari taklif etildi. Hay’at a’zolari tomonidan tanlov ishtirokchilarining har bir ishlari alohida e’tibor bilan o‘rganilib, ularning samarali mehnatlari odilona baholanib borildi.
Institut auditoriyalarida tanlov ishtirokchilari qaytadan imtihondan o‘tkazildilar. Har bir yo‘nalishda ishtirokchi qizlarimizning nafaqat ijodiy namunalari amaliy jihatdan, balki ularning ta’lim olish jarayonidagi nazariy bilim va ko‘nikmalarini baholash uchun ijtimoiy fanlar, xorijiy tillar bo‘yicha savol-javoblar tarzida ilm doirasida erkin suhbatdan o‘tdilar.
“Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti tanlovining sovrindorlarini aniqlashda tayinlangan 15 kishidan iborat hay’at a’zolarining har birlari baholash jarayonida o‘z fikr va xulosalarini bildirgan xolda, g‘oliblar ijodiga haqqoniy yondashdilar.