2019 yil 5 yanvar kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti professor-o’qituvchilariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasini mazmun mohiyatini keng o’rganish bo’yicha seminar o’tkazildi. Seminarda institut rektori X.Aminov, institut Murabbiylar Kengashi raisi “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti R.Hasanov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i D.Jumashev, Tasviriy san’at fakulteti dekani A.Yusupov, Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari S.Rasulmuxamedova, O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari Ch.Ummatova, kafedra mudirlari E.Xayitov, Sh.Jumaniyozov, A.Ortiqov, J.Rashidov, fakultet professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi. Seminarni institut rektori X.Aminov kirish so’zi bilan ochib berib, kun tartibidagi mavzu bilan yig’ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.
Shundan so’ng institut Murabbiylar Kengashi raisi “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti R.Hasanov Prezidentning parlamentga 2018 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O’zbekiston Respublikasini 2019 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Murojaatnomasi yuzasidan taqdimot orqali bandma band tushuntirib o’tdi. Prezident yig’ilishni “Buyuk Imom Buxoriy hazratlarining “Al-Jome’ as-Sahih” asari “Barcha ezgu amallar niyatga bog’liq, har bir kishiga faqat niyat qilgan narsasi beriladi” degan hadis bilan boshlanishida albatta juda chuqur ma’no borligi ta’kidlab o’tildi.
Xususan, 2018 yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb nom berib, Davlat dasturi doirasida 21 trillion so’m va 1 milliard dollarga teng 76 mingta loyihani amalga oshirganimiz o’tgan yili yaxshi niyat bilan boshlagan ishlar natijasini ko’rsatganligi, sanoat, qishloq xo’jaligi, kapital qurilish, transport-kommunikatsiya, servis va xizmat ko’rsatish sohalarida salmoqli yutuqlar qo’lga kiritilganligi, aholi farovonligini oshirish maqsadida 2018 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori o’tgan yillarga nisbatan sezilarli ravishda oshirilganligi, pedagog xodimlarning ish haqi so’nggi 10 yilda birinchi marta 50 foizgacha ko’paytirilganligi kabi masalalar yuzasidan keltirilgan fikrlar yuzasidan misollar asosida aniq ma’lumotlar berib o’tdi. Shuningdek, Murojaatnomada bayon qilingan har bir ustuvor yo’nalishga birma bir to’xtalib, mazmun-mohiyati bilan chuqar tushuntirib o’tildi.
Seminar doirasida Tasviriy san’at fakulteti dekani A.Yusupov so’zga chiqib, yig’ilish yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi. Professor-o’qituvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murjaat qilib, o’zlari uchun kerakli bo’lgan masalada yuzasidan to’liq ma’lumotlarga ega bo’lishdi.