Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizayn instituti katta o’qtivchisi, “Reklama va amaliy grafika” kafedrasi katta o’qituvchisi Jasur Jumaevning ijodi va ijodiy safarlariga yana bir bor to’xtalib o’tmoqchiman. Jasur Jumaevni amaliy san’atdagi o’ziga xos yunalishi va ijodining sermaxsulligi bilan saytimiz sahafalarida kuzazatib kelmoqdasizlar. Bugun uning faoliyatidagi yana bir bor ijodining yorqin natijalari borasida so’z yuritamiz. Bugungi kunda respublikamiz madaniyat va san’at olamida a’naviy va madaniy merosini butun dunyoga namoyish etish, ayniqsa, yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini ko’paytirish maqsadida ko’plab ijobiy ishlarni amalga oshirmoqda. Mana shu ezgu harakatlarning uzviy davomi sifatida O’zbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi Elchixonasi hamda O’zbekiston Respublikasi Hunarmandlari uyushmasi hamkorligida joriy yilning 12-18 yanvar kunlari Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg davlatlarida bir qator ko’rgazmalar tashkil etildi.
Ko’rgazmaning birinchi kuni, ya’ni 12 yanvarda Bryusseldagi Elchixonada mazkur mamlakatlarda mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan va istiqomat qulivchi O’zbekiston fuqarolari ishtirok etishdi. Tadbirni Benilyuks mamlakatlari elchisi Dilyor Hakimov kirish so’zi bilan ochib berdi. U o’z so’zi davomida bugungi kunda mamlakatimizdagi katta o’zgarishlar, ayniqsa, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va buning natijasida O’zbekistonga tashrif buyurish istagidagi xorijliklarning soni ortayotganini mamnuniyat bilan tilga oldi. Shu kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining parlamentga murojaatining video taqdimoti ham bo’lib o’tdi.
Shu kuni qator O’zbekistonning bir qancha hunarmandlari tashrif buyurdilar va o’zlarining ijodiy namunalari bilan ishtirok etdilar. Qahramonimiz Jasur Jumaev ham o’zining ijod namunalari bilan barchani tanishtirdi. Uning somon san’atida ishlangan bir qancha asarlari ko’rgazmaga qo’yildi.
14 yanvar kuni Gollandiyaning Gaaga shahrida “Marriott” mehmonxonasida Xalqaro ayollar kontakt guruhi bilan hamkorlikda unga a’zo bo’lgan 150 ga yaqin faollar ishtirokida O’zbekistonga bag’ishlangan taqdimot o’tkazildi. Tadbir avvalida Benilyuks mamlakatlardagi elchi Dilyor Hakimov so’zga chiqdi. U o’z nutqi davomida bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va o’zgarishlar haqida gapirdi. Yaqin yillarda yurtimizga tashrif buyurish istagidagi bildirdi, O’zbekiston san’atiga bo’lgan qiziqish tufayli sayyohlar soni ortib borayotganligini mamnuniyat bilan tilga oldi. Benilyuks mamlakatlaridagi Elchixonaning maslahatchisi Ulugbek Agzamov ham, O’zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun keng ko’lamdagi shart-sharoitlar yaratish maqsadida Yevropaning bir qancha mamlakatlariga viza tizimi bekor qilinganligini ko’rgazmali taqdimot ko’rinishida yig’ilganlarga gapirib berdi. Shuningdek, notiq sayyohlar oqimining ortishiga sabab bo’layotgan bir-biridan tansiq bo’lgan o’zbek milliy taomlari haqidagi prezentatsiyani ham namoyishi.
Jasur Jumaevning ishlari tadbirga kelganlarga o’zgacha bir qiziqish uyg’otdi. U mehmonlarga somon san’ati va unda ishlangan ijodiy ishlari haqida ma’lumotlar berdi. Shu bilan bir qatorda u yaratgan asarlar tarixi bilan qiziqqan mehmonlarga ishlash uslubi va erishgan yutuqlari haqida gapirib berdi. Ko’rgazma jarayonida ushbu iste’dodli ijodkor haqida suratga olingan “Jasur” hujjatli filmi ingliz tilidada namoyish etildi.
15 yanvar kuni Belgiyadagi Benilyuks mamlakatlari elchixonasida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbir avvalida Benilyuks mamlakatlardagi elchi Dilyor Hakimov so’zga chiqib, mustaqil O’zbekiston va uning harbiy salohiyati haqida gapirib o’tdi. Tadbirga tashrif buyurgan qator elchixonalarning harbiy vakillari uchun mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash va mustahkamlashga oid videorolik namoyish etildi. Sarhadlarimizni himoya qilayotgan asarkarlarga yaratilgan sharoitlar va ularning salohiyati aks etgan videolavhalar yig’ilganlarda katta qiziqish va taassurot qoldirdi. Ayniqsa, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash va ularning maroqli hordiq chiqarib, katta taassurotlar bilan o’z yurtiga qaytishida harbiylarimizning hissasi beqiyosdir. Tadbirda so’z olganlar ham ayni shu jihatlarga to’xtalib o’tdilar. Bu erda tashkil etilgan tadbirda ham Jasur Jumaevning ijodiy namunalardan tashkil topgan ko’rgazmasi namoyishi bo’lib o’tdi.
17 yanvar kuni Lyuksemburgdagi tadbirga mehmon sifatida tashrif buyurganlarning aksariyat qismi Yevropadagi bir qator nufuzli kompaniyalar rahbarlari va biznes vakillari bo’ldi. Tadbir avvalida Benilyuks mamlakatlardagi elchi Dilyor Xakimov so’zga chiqib, O’zbekistonga investitsiya kiritish istagida bo’lgan investorlarga yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida gapirib o’tdi. Bugungi kunga qadar yurtimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalar va ular erishayotgan yutuqlarga atroflicha to’xtalib o’tdi. So’nggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiga investitsiya kiritish istagini bildirayotgan dunyoning yirik kompaniyalari soni ortib borayotganligi ham ularga yaratilayotgan qulay imkoniyatlar natijasi ekanligiga to’xtaldi. Jasur Jumaevning Benilyuks davlatlariga qilgan ijodiy safari doirasining ko’lami keng davom etib, u evropadagi navbatdagi ko’rgazmasini tashkil qildi. Ko’rgazma ishtirokchilari tomonidan Jasur Jumaevning yaratgan bir qancha milliy somon san’ati ishlariga bildirilgan ehtirom ramzi sifatida ularga taqdim etildi.
So’ngida vaqtlarda sermahsul va betakror ijod sohibi Jasur Jumaevning somon san’ati ijodiy yo’nalishidagi namunalarining qay darajada xorijiy davlatlar e’tiborini o’ziga tortayotganligini va o’ziga xos qiziqish bilan yuqori baholanayotganligini kuzatib bormoqdamiz. U yaratgan san’at asarlariga qoil qolmaslikning iloji yo’q. Jasur Jumaevning ijodiy faoliyatiga muvaffaqqiyatlar tilab qolamiz.
Jasur Jumayev, O’zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi faxriy a’zosi.