O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining 2018 yil 16 iyuldagi 302-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish jadvali” hamda 2019 yil 11 fevraldagi 48-son buyrug’iga asosan 2019 yilning 18-23 fevral kunlari Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti davlat akkreditatsiya muddati tugaganligini inobatga olib, attestatsiyadan o’tkazilmoqda.
Milliy rassomlik va dizayn instituti O’zbekiston Badiiy Akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 23 yanvardagi “O’zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqida”gi farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 mart 131-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Milliy rassomlik va dizayn instituti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan 2008 yil oktyabr oyida, keyinchalik 2011 yil may oyida attestatsiyadan o’tkazilgan.
2019 yil 18 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining Oliy ta’lim va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish bo’limi bosh mutaxassisi Saburov Ikrom Jumaniyozovich, Davlat inspektsiyasining Malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish bo’limi boshlig’i Rixsimboev Odiljon Kabildjanovich va institut rektori Aminov Xasan Rashidovich hamda Milliy rassomlik va dizayn institutini attestatsiyadan o’tkazish bo’yicha komissiya a’zolari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi. Institut jamoasi navbatdagi attestatsiya jarayonlarini o’tkazish tartibi, hamda ekspertlar tarkibi bilan tanishtirildi.
Davlat test markazi tomonidan institutga 2011 yil 25 maydagi 62-sonli davlat attestatsiyasidan o’tganligi tug’risida 5 yil muddatga Sertifikat berilgan. Attestatsiya O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 21-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o’tkazish tartibi to’g’risida Nizom” hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 14 iyuldagi 1836-son bilan davlat ro’yxatiga olingan “O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish mezonlari va texnologiyalari bo’yicha yo’riqnoma” asosida amalga oshiriladi. Davlat inspektsiyasi attestatsiyadan o’tkazish jarayonida institutda ta’limni tashkil etishning umumiy tavsifi va ijro intizomi, davlat ta’lim standartlarining o’quv jarayoniga joriy etilishi, talabalarning fan dasturlarini o’zlashtirish darajasi, professor-o’qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati, ilmiy-tadqiqot ishlarining iste’mochilarning talablaridan kelib chiqib olib borilayotganligi, talabalarning darslik va o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlanganlik darajasi, moddiy-texnik ta’minot, o’quv ustaxonalar jihozlari, axborot resrurs markazining holati, o’quv xonalarini kompyuterlar bilan ta’minlanganligi, ularning zamonaviy asbob-uskunalar bilan to’ldirilish holati va foydalanishi, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining joriy etilish holati, ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasi, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash holati, bitiruv malakaviy va kurs ishlari mavzularining zamonaviy islohotlarning talabalaridan kelib chiqib tanlanganligi, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat, xalqaro hamkorlikning yo’lga qo’yilganligi, bitiruvchilarning ishga joylashganligi darajasi kabi ma’lumotlar o’rganilmoqda.
Hozirgi kunda institutda 4ta fakultet, 16ta kafedra, bakalavriat bosqichida 23ta ta’lim yo’nalishida jami 1384 nafar, magistratura bosqichida 13ta mutaxassisliklar buyicha 80 nafar, sirtqi ta’limda 1ta ta’lim yo’nalishida 22 nafar, Qo’shma dastur (Taylandning Channapatana Xalqaro dizayn universiteti bilan) 1ta ta’lim yo’nalishida 20 nafar talabalar tahsil olmoqda. Institut kafedralarida jami 207 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib boradi. Asosiy shtatdagi professor-o’qituvchilarning 17 nafari (8,2 %) fan doktorlari, professorlar, 32 nafari (15,4%) fan nomzodlari, dotsentlar, 64 nafari (30,9%) katta o’qituvchilar, 94 nafari (45,4%) assistent o’qituvchilardir. Institutda ilmiy salohiyat 32%ni tashkil etadi. Institutda fan doktorlari o’rtacha yoshi 62 yoshni, fan nomzodlarining o’rtacha yoshi 50 yoshni tashkil qiladi. Davlat inspektsiyasi tomonidan aniqlangan muammo va kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko’rilmoqda hamda joyida bartaraf etilmagan muammolarni bartaraf etish uchun institut rahbariyati bilan birgalikda chora-tadbirlar dasturi (yo’l xaritasi) ishlab chiqiladi va uni bajarilishi ustidan doimiy monitoring o’rnatiladi.