Bugungi kunda Odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha respublika miqyosida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada ko‘pgina rejali tadbirlar ishlab chiqildi. Xususan, tashkilot, idora va muassasalarda, mahallalarda, chegara nazorat maskanlariga yaqin joylashgan hududlardagi aholi o‘rtasida, ta’lim maskanlarida mazkur muammoning oldini olish, uni amalga oshirmaslik, unga qarshi kurashish bo‘yicha davra suhbatlari, uchrashuvlar, tushintirish – targ‘ibot ishlari o‘tkazilmoqda. Mana shunday o‘quv seminari Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizain institutida ham bo‘lib o‘tdi. Unda MFY mutaxassisi S. Mamadalieva, professor–o’qituvchilari, institut talabalari ishtirok etishdi.
“Odam savdosi – davr muammosi” mavzusiga bagishlangan davra suhbatini institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i D.Jumashev kirish so’zi bilan ochib berdi. Suhbat mobaynida aholi o‘rtasida ushbu illatning kelib chiqish sabablarini, shart-sharoitlarini o‘rganish va oqibatlarini tushuntirish, bartaraf etish, ya’ni mazkur illat domiga tushib qolmaslik va fuqarolarni ogohlikka chorlash, jabrdiydalarga yordam ko‘rsatish va bunda mahalla maslahatchilari, posbonlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga to’xtalib o’tildi. MFY mutaxassisi S. Mamadalieva, shu institut o’qituvchisi, dotsent R.Xasanov mavzu doirasida qiziqarli ma’ruzalar o’qidilar.
Matbot-tashviqot ayniqsa bu borada yoshlarimiz ogoh bo‘lishlari lozimligi haqida so‘z yuritdilar.
Tinglovchi talabalarni
qiziqtirgan fikr va mulohazalari
tinglandi. Olib borilgan qiziqarli davra suhbati yakunida xulosa o‘rnida, Odam
savdosi uyushgan jinoyatining oldini olish va unga qarshi kurashish faqatgina
sud –huquq organlarining emas, balki keng jamoatchilikning birgalikda,
bahamjihatlikda qarshi kurashishi lozim bo‘lgan mas’uliyatli vazifasi ekanligi
yana bir bor ta’kidlandi.
Zero, Odam savdosi — davr muammosidir.