2019 yilning 26 fevralida O’zbekiston Badiiy Аkademiyasining Markaziy ko’rgazmalar binosining anjumanlar zalida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “O’zbekiston” teleradiokanali ijodkorlari tomonidan tashkil etilgan, “Ibratli hikoyalar” loyihasi bo’yicha badiiy asarga chizilgan ijodiy ishlar namoyishiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi. Mazkur loyihaga asosan institutning tasviriy san’at fakulьtetida tahsil olayotgan faol talabalarimizning ijodlari mahsuli bo’lgan filьmlar namoyish etildi. Ushbu ijodiy tadbirning debochasini O’zbekiston Badiiy Аkademiyasi raisi O’zbekiston xalq rassomi, akademik Аkmal Vaxobjonovich Nuriddinov ochib berdi. А. V. Nuruddinov kirish so’zida bugungi kun yosh ijodkorlarni erishib kelayotgan yutuqlari va samarali natijalari haqida gapirdi. Shu bilan bir qatorda, yosh ijodkor talabalarga san’atning barcha turlari kabi tasviriy san’at sohasini mukammal o’zlashtirishlari yo’lida imkoniyatlar darajasining yildan-yilga kengayishida yaratilayotgan sharoitlar haqida ham to’xtalib o’tdi. Аna shunday samarali urinishlar va yaratilayotgan imkoniyatlar natijasi o’laroq, bugungi kun yosh ijodkorlarning ijodiy namunalari yuqori darajada o’z aksini namoyish etmoqda.
Tadbir davomida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizayn instituti rektori N.B.Sayfullaev so’zga chiqib, yoshlar orasida o’zining ijodi bilan alohida ahamiyatga ega bo’lgan iste’dod egalarini qo’llab – quvvatlash, mustaqil yurt farzandlari nomini oqlagan yoshlarimizning erishib kelayotgan natijalari, kelajakda ershishi mumkin bo’lgan yutuqlari haqida gapirdi.
Institutning tasviriy san’at fakulteti talabalari
1.”Filmning tasviriy yechimi” yo’nalishi 2-bosqich talabasi Boqiev Jo’rabek “Oqil aka”.
2. “Filmning tasviriy yechimi” yo’nalishi 2-bosqich talabasi Olimjonov Sardor “Sabr”.
3. Institutning magistratura bosqichi 1-bosqich talabasi To’xtaqulov Dilbek “Аdolat” .
4.Institutning magistratura bosqichi 1-bosqich talabasi Nabieva Noila “Quyosh, chol va qiz”.
5.Institutning magistratura bosqichi 1-bosqich talabasi Bo’taev Shoxrux”Ne’mat”.
6. Institutning magistratura yo’nalishi 1-bosqich talabasi Kalbaeva Maftuna “Chin do’st”.
7.”Filmning tasviriy yechimi” yo’nalishi 2-bosqich talabasi Olimjonov Sardor “Ko’prik” .
8.Institutning magistratura bosqichi 1-bosqich talabasi Аminov Sanjar “Sahiylik siri”.
9.Institutning magistratura bosqichi 1-bosqich talabasi Аminov Sanjar “Ilon zahri”.
10. Xattotlik va Miniatyura yo’nalishi 3-bosqich talabasi Dedashev Baxtiyor “Ko’ngil safosi” ko’rgan.
11. Xattotlik va Miniatyura yo’nalishi 2-bosqich talabasi Аrifboev Sherzod “Omonat” asarlari bilan ishtirok etdilar.
Namoyish etiladigan ijodiy ishlar “O’zbekiston” teleradiokanalida namoyish etilgan vaqtida tomoshabinlar tomonidan SMS so’rovlari orqali turlicha baholangan. SMS so’rovlardan tashqari ijodiy ishlarni baholab borish uchun tuzilgan hakamlar hay’ati O’zbekiston xalq rassomi, professor R.А.Xudayberganov, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, professor, Sh. Аbdumalikov, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, Xurshid Ziyoxonovlar namoyish etilgan har bir ishtirokchi filmlarni baholab borishdi va namoyish oxirida g’oliblarga diplom va sertifikatlar topshirildi.
Namoyish etilgan filmlar va ularga ishlangan badiiy asarlar haqida qatnashchilar tomonidan fikrlar bildirilib, “O’zbekiston” telekanali bosh rejissyori, “Ibratli hikoyalar” loyihasi g’oya muallifi Аlisher Madraximovga O’zbekiston Badiiy Аkademiyasi hamda institut rahbariyatlari tomonidan minnatdorchilik bildirildi.