2019 yilning 27 fevralida asoschisi Richchard Vun hamda uning o‘rinbosari mister Benson Lek boshchiligidagi delegatsiya ikkinchi bor Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik Dizayn institutiga tashrif buyurdi. Uchrashuv chog‘ida har ikki tomon o‘z faoliyatini tanishtirdilar 2019 yilning 18 yanvar sanasida Singapurning SixClouds kompaniya asoschisi Richchard Vun hamda uning o‘rinbosari mister Benson Lek boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrifi bilan mehmon bo’lgan edi. Oldingi tashrifda ushbu kompaniya uzlarining loyihalari va shu loyiha asosida kutilayotgan natijalar va ana shu natijalar samarasida ko’zda tutilayotgan yutiqlar haqida tanishtirib o’tgan edilar. Bunday samarali ishni amalga oshirishda ining hamkorligi taklif etilgan edi.
Institut rektori N.B.Sayfullaev Singapurlik mehmonlarning taklifini samimiy qabul qildi.
Ushbu taklif doirasida institutimizda tahsil olayotgan talaba yoshlarning multipikatsiya va grafika yo‘nalishidagi ijodi bilan yaqindan tanishib, talabalar orasida eng iqtidorli ijodkorlarni saralab, Singapurning quyidagi kompaniyasida rivoj topayotgan yangi zamonaviy texnologiya, ya’ni, uch o‘lchamli raqamli animatsiya san’atini mukammamal o‘rgatish va soha doirasida joriy etish va shu bilan birga keng tarmoqda targ‘ib etishdan iborat bo’ldi. Institut rektori N.B.Sayfullaev SixClouds kompaniyasining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizayn institutiga bergan taklifini tubdan o’rganib chiqib, quyidagi loyiha institutda ta’lim olish strukturasiga mos va zarur ekanligini ta’kidladi. Va joiz bo‘lsa kelakjakda ushbu kompaniya bilan rasmiy shartnoma asosida ishlashimiz mumkinligini bildirdi. Ana shu mazmundagi loyihani amalga oshirish maqsadida bugun Milliy rassomlik dizayn instituti hamda Singapurning SixClouds kompaniyasi o’rtasida maqsadlar va rejalarga asoslangan memorandum tuzildi va har ikki tomon rahbarlari tomonidan imzo chekildi.
Kompaniya asoschisi o‘rinbasari Benson Lekning aytishicha, o‘qishni tomomlagan yoshlarning yutuqli jihati shundaki, xalqaro amaliyotdan o‘tgan talabalarni Singapur O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro tuzilgan shartnomaga asosan ish bilan ta’minlash va qonuniy muallif huquqiga ega bo‘lishlaridir.