1.Joriy etilayotga zamonaviy texnologiyalarga oid bilim va ko‘nikmalarni
chuqurlashtirishni hisobga olgan holda talabalarni o‘qitishning ilg‘or
usullarini ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga joriy etish;
professor-o‘qituvchilarning kasbiy bilimi, pedagogik
mahorati va ilmiy salohiyatini muntazam ravishda oshirish, xorijiy
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, ilmiy va
ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oshirish va stajirovkalarini tashkil
etishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
2. Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali
integratsiyasini ta’minlash orqali manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda
fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish hamda ularning
natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan
hamkorlikda ilmiy-texnik vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan amaliy va
innovatsion izlanishlarni amalga oshirish;
3.Tasviriy, amaliy va dizayn san’at sohasi uchun
kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish, institutga biriktirilgan tasviriy san’at va dizayn
kollejlari ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash,
ularda sifatli ta’lim berilishini tashkil etish;
oliy ta’lim muassasasini bitirayotgan kadrlarni o‘z
mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, ularning kasbiy faoliyati
monitoringini tizimli tashkil etish.