Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professor-o‘qituvchilar va talaba-o‘quvchilar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida o‘tkazilgan “Tinchlik – eng oliy ne’mat” va “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mavzusidagi davra suhabti va ma’rifiy uchrashuv.
2019 yilning 5 fevralida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Tinchlik – eng oliy ne’mat” va “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Ilhom Ma’rupov, O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi bo‘lim mudiri Eshmatbekov Hamidjon, YOshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i D.Jumashov, bo‘lim xodimlari, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, Murabbiylar Kengashi raisi, Jamoatchilik Kengashi raisi X.Rahmonov, fakultet YOshlar ittifoqi BT a’zolari, professor-o‘qituvchilar va 65 nafar talaba-yoshlar, Baynalminal mahalla fuqarolar yig‘ini mutahassisi S. Mamadalieva.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i D.Jumashov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi. SHuningdek, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi ma’rifat ilmi bilan qarshi kurashish kerakligini tushuntirishdan iborat ekanligini ta’kidlab, institutda ham bu borada ko‘pgina amaliy tadbirlar o‘tkazib kelinayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilarini taklif etilgan mutaxassislar bilan tanishtirib, so‘z navbati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Ilhom Ma’rupovga berildi.
Ilhom Ma’rupov o‘z so‘zida, bugungi kunda dunyo davlatlarini tashvishga solayotgan diniy ekstremizm va terrorizm kundan-kunga yangicha ko‘rinishga kirib borayotganligi, islom dinini niqob qilib olgan qator terroristik tashkilotlar haqida, ularning buzg‘unchi g‘oya va olib borgan terrorchilik harakatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib, jumladan, mazkur terroristik tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan qator xunrezliklarni misol qilib ko‘rsatdi.
Shuningdek, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan kelib chiqib, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lishga da’vat etdi. Terroristik tashkilotlarning internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlarda faolligi sababli internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanganda juda ehtiyotkor bo‘lish kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
SHundan so‘ng so‘z navbati O‘zbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi bo‘lim mudiri Eshmatbekov Hamidjon domlaga berildi.
O‘z so‘zida , Eshmatbekov Xamidjon domla, tinchlik dunyodagi eng oliy ne’met ekanligi, uni qadrlash barcha uchun muqaddas burch ekanligini aytib o‘tdi. SHu bilan birga talaba-yoshlarni internet saytlaridan foydalayotgan juda ehtiyotkorona foydalanish kerakligini, diniy mavzuda birorta ma’lumot kerak bo‘lsa, muslim.uz saytidan foydalanish lozimligini bu esa o‘z navbatida turli havf-xatarlardan yiroq bo‘lishga asos bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Talaba-yoshlarning g‘ayri-insoniy yo‘lga kirib ketishlarining oldini olish, uning oqibatida yuzaga kelayotgan ayanchli oqibatlar haqida talaba-yoshlar o‘rtasida mana shunday yig‘ilishlar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish turli jinoyatchilikning oldini olishga katta yordam berishi shubhasiz ekanligi haqida gapirdi. SHu bilan bir qatorda shunday jannatmakon yurtda yashayotganligimiz bu bizning baxtimiz, yurtimizni asrab-avaylab, himoya qilish bu barchamizning burchimiz ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Xasanali Rahmonov haqiqatdan yuqoridagi mavzular juda dolzarbligi, dunyo davlatlarini tashvishga solayotgan diniy ekstremizm va terrorizm kundan-kunga yangicha ko‘rinishga kirib borayotganligi, islom dinini niqob qilib olgan terroristik tashkilotlarning buzg‘unchi g‘oyalariga ishonib qolmaslik kerakligini, tinch va osuda hayotimizning qadriga etish lozimligini aytib, muhokama qilingan mavzular to‘g‘risida davra suhbatida keltirilgan fikrlarni murabbiylik soatlarida boshqa talabalarga ham etkazish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Qizg‘in suhbatdan so‘ng YOshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i D.Jumashov tadbir qatnashchilariga minnatdorchilik bildirib, bu kabi davra suhbatlarini tez-tez o‘tkazish foydadan holi bo‘lmasligini ta’kidladi.