Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasining chegaraviy o‘lchami va moliyalashtirish tartibini belgilash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalariga ajratiladigan turar-joy, kunlik va boshqa xarajatlarining eng yuqori me’yorlari belgilanishi mumkin.
