O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at va dizayn fakulteti Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Musirmonov Tursunmurod Bahodir o‘g‘li yuksak e’tirof – “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Institut jamoasi Tursunmurod kabi bilimli va iqtidorli talaba-yoshlari bilan faxrlangan holda yurtimiz san’ati rivojiga munosib hissa qo‘sha oladigan yetuk ijodkor va komil shaxs bo‘lishiga ishonch bildiradi.