Abituriyentlar uchun!

FUQAROLIGI BO‘LMAGAN ABITURIYENTLAR UCHUN TALAB QILINADIGAN HUJJATLAR

 Fuqaroligi bo‘lmagan (O‘zbekistonda BG pasporti borlar) shaxslar (abituriyentlar) uchun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat original pasport olib kelish talab qilinadi.

Pasport ma’lumotlari bazaga kiritiladi va pasportdan skaner va abituriyentni rasmga olib bazaga yuklanadi. So‘ngra ushbu kiritilgan ma’lumotlar asosida Abituriyentlar quyidagi ilovalar orqali onlayn ro‘yxatga olinishlarini o‘zlari kiritishi mumkin bo‘ladi:

1. Davlat test markazi rasmiy veb-sayti (https://abitur.dtm.uz/)

2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz/)

RO‘YXATGA OLISH JARAYONIDA QUYIDAGI HUJJATLARNING MA’LUMOTLARI KIRITILADI:

1. Pasport ma’lumotlari (institutda
kiritilgan ma’lumotlar avtomatik chiqadi);

2. Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat
ma’lumotlari;

3. Abituriyent imtiyozga ega bo‘lsa imtiyozni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari.